Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi ma’sul hodimlari ishtirokida 2022-yil 6-dekabr kuni “Fargo‘na viloyatida Turizm va madaniy meros sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish” mavzusidagi seminar trening tashkil etildi.
Seminar trening davomida bosh boshqarma boshlig‘i X.Axmedov ishtirok etib bosh boshqarmada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida gapirdi.
Shuningdek, bosh boshqarma bosh yuriskonsulti M.Yuldashev mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berib, boshqarma hodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish yuzasidan tushunchalar berdi. Shu bilan birga ushbu mavzu bo‘yicha hodimlarning savollariga aniq javoblar berildi