Logo - Turizm
UZ
UZ RU EN
logo sport
Bosh sahifa \ Yangiliklar \ AB Group restoran xoldingi hamda Sibir federal universiteti (SFU) Gastronomiya instituti vakillaridan iborat delegatsiya Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi

AB Group restoran xoldingi hamda Sibir federal universiteti (SFU) Gastronomiya instituti vakillaridan iborat delegatsiya Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi

« Back

AB Group restoran xoldingi hamda Sibir federal universiteti (SFU) Gastronomiya instituti vakillaridan iborat delegatsiya Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi 22.05.2026 16:56

AB Group restoran xoldingi hamda Rossiyaning Krasnoyarsk shahridagi Sibir federal universiteti (SFU) Gastronomiya instituti vakillaridan iborat delegatsiya Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.

IMG_2464

IMG_2492

Mazkur tashrif “O‘zbekiston gastronomik xaritasi” xalqaro ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning boy gastronomik merosi, milliy taomlari va hududlarga xos oshxona madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishdan iborat.

IMG_2474

Ekspeditsiya davomida mehmonlar Farg‘ona vodiysining milliy taomlari, mahalliy bozorlari, oilaviy oshxonalari, choyxonalari va hunarmandchilik an’analari bilan yaqindan tanishmoqda.

IMG_2506

IMG_2501

Mazkur ekspeditsiya O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy hamda turistik aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek Farg‘ona viloyatining gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

@ferghanatourism 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914