Home \ Yangiliklar \ Aholini ro‘yxatga olish haqida nimalar bilasiz?

Aholini ro‘yxatga olish haqida nimalar bilasiz?

« Back

Aholini ro‘yxatga olish haqida nimalar bilasiz? 22.02.2022 10:06

Aholini ro‘yxatga olish haqida nimalar bilasiz?

Misol uchun chaqaloq aholini ro‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin dunyoga kelsa, u aholi ro‘yxat olish tadbirida ro‘yxatga olinmaydi. Ammo kimdir bu nozik vaqtda hayot bo‘lib, shundan keyin, yaʼni aholini ro‘yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi sifatida ro‘yxatga olinadi.

Безымянный

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Respublikamizda 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish belgilangan. Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxatga olish 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga olish tadbiri maʼlumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar, aholi soni, aholining yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan.

Keyinchalik O‘zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan. Aholining rivojlanishi uning tarkibiy tuzilishi, xususiyatlari va demografik jarayonlarning uzluksiz ravishda o‘zgarib borishi taʼsirida sodir bo‘lib boradi. Shu sababli aholini tadqiq etish doimiy ravishda xususiyatlarini kuzatib borish talab etiladi.

Dastlab qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda kabi mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilgan.

Shu davrda soliq yig‘ish, yaʼni boj olish hamda harbiy maqsad uchun asosan erkaklar sonini aniqlash muhim bo‘lgan va asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Aholini ilk bor rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yil AQSHda, keyinchalik 1800 yil Shvetsiya va Finlandiyada, 1801 yil Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo ro‘yxatga olish juda oddiy shaklda bo‘lib, uzoq muddatga cho‘zilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin aholini ro‘yxatga olish tizimi yana-da takomillashtirildi. 1945-1954 yillarda 151 ta davlatda, 1965-1974 yillarda 179 ta davlatda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilgan.

XIX asrga kelib, aholini ro‘yxatga olish juda kengaydi. Aholini ro‘yxatga olish aholi haqida axborot to‘plashning eng keng ko‘lamli va ko‘p maqsadli tadbirdir. Qator Yevropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini ro‘yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshida 54 foiz aholi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda aholi qachon ro‘yxatga olinadi?

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq Respublikamizda 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish belgilangan.

Aholini hisobga olish davri nima?

Aholini ro‘yxatga olishni aniq bir muddatda o‘tkaziladi. Bu tadbir odatda 10 kundan –12 kun talab etiladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha  oygacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilda. Aholini hisobga olish davri ayrim holatlarda aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti deb ham yuritiladi. Aholini ro‘yxatga olish davridan qatʼiy nazar aholini ro‘yxatga olish birinchi kuni soat 00-00 daqiqa holati bo‘yicha qayd etiladi.

Misol uchun chaqaloq aholini ro‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin dunyoga kelsa, u aholi ro‘yxat olish tadbirida ro‘yxatga olinmaydi. Ammo kimdir bu nozik vaqtda hayot bo‘lib, shundan keyin, yaʼni aholini ro‘yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi sifatida ro‘yxatga olinadi.

 

Aholini ro‘yxatga olish tadbirida necha yoshdan boshlab ishtirok etish mumkin?

Aholini ro‘yxatga olishga yoshdan qatʼiy nazar, mamlakatning barcha aholisi ishtirok etadi.

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish vaqtida yashash joyi (turar joyi) bo‘yicha o‘zi bo‘lmagan fuqarolar yoki voyaga yetmaganlarning maʼlumotlari uy xo‘jaligining voyaga yetgan aʼzosi tomonidan maʼlum qilinadi. Vasiylik va homiylikka olingan shaxslar bo‘yicha maʼlumotlar ularning vasiylari yoki homiylari tomonidan maʼlum qilinadi. Ota-onalar yosh bolalar haqida maʼlumot beradilar. 

Aholini ro‘yxatga olish bizga nima beradi?

Aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlari “ijtimoiy himoya”, “investitsiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “taʼlim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin.

Aholini ro‘yxatga olish bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi hisoblanadi. Hozirgi kungacha dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazildi. Mazkur tadbir butun dunyo aholisining umumiy, keng ko‘lamli qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi.

O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish istagi zamonaviy iqtisodiyotning asosiy manbai – mamlakatning insoniy salohiyati haqida bilmasdan amalga oshirilmaydi albatta. Bizning vazifamiz mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali kuchliroq bo‘lishdir. Buning uchun aholining tarkibi, uning iqtisodiy faolligi, taʼlim darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak. Misol uchun, mamlakatda qancha odam borligi haqida emas, balki migrantlar qayerdan va qayerga ketayotganligini, yosh va jins tarkibi kabi ko‘plab maʼlumotlarni bilishimiz kerak.
Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914