#АТЛАС_БАЙРАМИ #ЛИБОСЛАР_НАМОЙИШИ 21.09.2024 21:00
Marg‘ilon shahrida o‘tkazilayotgan "Atlas bayrami" xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali doirasida Hunarmandchilikni rivojlantirish markazida yosh dizaynerlarning defile ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Respublikamiz dizaynerlari bilan bir qatorda Qirg‘iziston va Turkmanistondan kelgan mashhur liboslar dizaynerlarining milliylikka asoslangan kolleksiyalari namoyishi ishtirokchilarning hayratini oshirdi.