Logo - Turizm
UZ
UZ RU EN
logo sport
Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Ayni damda Fargʻonada muhim jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtmoqda

Ayni damda Fargʻonada muhim jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtmoqda

« Back

Ayni damda Fargʻonada muhim jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtmoqda 18.11.2025 16:13

Bugun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Fargʻona viloyat Kengashi majlislar zalida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida erishilgan yutuqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi oʻtkazilmoqda.

photo_2025-11-18_15-58-26

Tadbirda masʼul idoralar va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, Fargʻona viloyat hokimi oʻrinbosari, Fargʻona viloyat Turizm boshqarmasi boshligʻi Ahmedov Xurshidjon Rustamovich tomonidan “Oʻzbekistonda tashkiliy va ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlar sonini oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar” mavzusida hisobot taqdim etilmoqda.

photo_2025-11-18_15-58-29

Uchrashuv doirasida viloyatda turizm infratuzilmasini yaxshilash, ekologik barqarorlikni taʼminlash va yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishga qaratilgan bir qator muhim taklif va tashabbuslar muhokama qilinmoqda.

photo_2025-11-18_15-58-27

photo_2025-11-18_15-58-34

photo_2025-11-18_15-58-32

photo_2025-11-18_15-58-31

photo_2025-11-18_15-58-38

photo_2025-11-18_15-58-39

 

Farg'ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914