Barchangizni joriy yilning 17-oktabr kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi
Konigil qishlog‘ida soat 10:00 da bo‘lib o‘tadigan “Konigil-2” turizm qishlog‘i va Siyob arig‘i bo‘ylab barpo etilgan yangi ko‘ngilochar va dam olish maskanining ochilish marosimiga taklif etamiz.
Tantanali ruhda bo‘lib o‘tuvchi tadbir davomida siz Siyob arig‘i bo‘ylab tashkil etiladigan xalq saylida ishtirok etishingiz, milliy xalq o‘yinlari, folklor san’ati tomoshalari va konsert dasturlaridan zavq olib, milliy va dunyo oshxonasi namunalaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Shu bilan birgalikda, tadbir doirasida hunarmandchilik va milliy taomlar yo‘nalishlaridagi master-klasslarda ham qatnashishingiz mumkin.
Tadbirlar bo‘lib o‘tadigan hududga kirish M-39 magistral yo‘li bo‘yida.
Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati