
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-aprel kungi Bolalarni dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish maslalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisi bayoniga asosan, Farg‘ona viloyatida joylashgan qator bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olayotgan bolalar uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida hamda Turizm va o‘lkashunoslik kuni doirasida ichki turizm sayohatlari tashkil etildi.
Hususan, joriy yil 12-iyun kuni Rishton va Oltiariq yozgi sog‘lomlashtirish oromgohining dam oluvchi bolalari uchun viloyatning diqqatga sazovor joylari, jumladan Rishton tumanining an’anavily kulolchilik san’ati, tarixiy joylari, so‘lim tabiati hamda “Straus farm” tuyaqushchilik eko-bog‘iga ekskursiyalar tashkil eildi.
Bu kabi dasturlar yosh avlodni viloyatning turizm salohiyati bilan tanishitiribgina qolmay, ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda vatanparvarlik hissini shakllantirishiga turtki bo‘lishiga aminmiz.