O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma‘muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-sonli Farmoni 15-bandi bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari har yil boshida o‘zining o‘rinbosarlari kesimida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishish bo‘yicha Farg‘ona viloyati Turizm boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 9-bandida belgilangan formula asosida rahbar o‘rinbosarining umumiy samaradorlik ko‘rsatkichi aniqlanishi belgilangan. Bunga koʻra Qo‘mita raisi o‘rinbosari tomonidan faoliyat ko‘rsatkichlari ijrosi:
70 foizdan kam taʼminlanganda — “qoniqarsiz”;
71 foizdan 90 foizgacha — “qoniqarli”;
91 foizdan 99 foizgacha — “yaxshi”;
100 foiz va undan yuqori bo‘lganda a'lo deb baholanadi.
Unga ko‘ra, boshqarmaning 2023-yillik faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini bajarishda quyidagilar, jumladan:
- 421 ming Xorijiy sayyohlar tashrifini tashkil etish belgilangan bo‘lib, amalda 430.5 ming xorijiy sayyohlar tashrifi (102.2%) amalga oshirilgan.
- Turizm xizmatlari eksporti hajmini 125 mln. dollarga yetkazish belgilangan bo‘lib, amalda 128.2 mln. dollarni (102.5%) tashkil etidi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish yuzasidan viloyatdan jami 2 645 ming nafar aholini sayohatga jalb qilish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, amalda 2 701,9 ming nafar aholi (102 %) sayohatga jalb qilindi.
- Joylashtirish vositalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 2023-yil davomida jami 42 ta joylashtirish vositalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish vasifasi yuklatilgan bo‘lib, yil davomida 38 ta (90,4 %) tashkil etildi.
- Yangi turagent va turoperatorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan yillik 14 ta rejalashtirilgan bo‘lib, 50 ta (357 %) turagent va turoperatorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yildi.
- Tashkil etiladigan sanitariya-gigiena shoxobchalari soni 16 ta etib belgilangan, amalda 18 ta (112 %) tashkil etildi
- Tashkil etiladigan turistik axborot markazlari soni 1 ta etib belgilangan, amalda 2 ta (200 %) tashkil etildi.
- Wi-fi nuqtalari tashkil etiladigan turizm obyektlari soni 13 ta etib belgilangan, amalda 21 ta (161 %) tashkil etildi
- Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan turizm obyektlari soni 9 ta etib belgilangan, amalda 10 ta (111 %) tashkil etildi
- Turizm sohasida tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari soni 7 ta belgilangan bo‘lib, amalda 7 ta (100%) tashkil etilgan.
Turizm sohasida tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari soni 1 ta etib belgilangan bo ‘lib, amalda 1 ta (100%) tashkil etilgan.