Boshqirdiston Respublikasi Tadbirkorlik va turizm vaziri Z.Gordiyenka va nufuzli tur kompaniyalar rahbarlari 30-aprel kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishidi.
Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 30-aprel kuni Boshqirdiston Respublikasidan tashrif buyurgan Tadbirkorlik va turizm vaziri Z.Gordiyenka va nufuzli tur kompaniya rahbarlarini tantanali ravishda Asia Ferghana mehmonxonasida kutib olindi va uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyat hokim o‘rinbosari Sh.Polvonov, viloyat Turizm boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Temirov va viloyatimizning turizm sohasidagi tadbirkorlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, yig‘ilish doirasida Boshqirdiston Respublikasi hamda Farg‘ona viloyatining boy turizm salohiyati namoyish etildi. Mehmonlar va ishtirokchilar uchun har ikki hududning diqqatga sazovor joylari, milliy an’analari, tarixiy obidalari hamda mehmondo‘stlik madaniyatini yorituvchi taqdimotlar va video roliklar namoyish qilindi. Tadbir davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan B2B uchrashuvlar tashkil etilib, unda tadbirkorlar o‘z faoliyati, xizmat yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berib tashrif qog‘ozlari bilan almashishdi.
Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati