Logo - Turizm
UZ
UZ RU EN
logo sport
Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Britaniyaning “The Travel Magazine” jurnali Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurish uchun 5 sababga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi

Britaniyaning “The Travel Magazine” jurnali Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurish uchun 5 sababga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi

« Back

Britaniyaning “The Travel Magazine” jurnali Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurish uchun 5 sababga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi 12.01.2026 16:14

Britaniyaning nufuzli sayohat nashrlaridan biri “The Travel Magazine” jurnali O‘zbekistonning betakror hududlaridan biri bo‘lgan Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurish uchun 5 ta asosiy sabab haqida maxsus maqola chop etdi.

photo_2026-01-12_16-04-35

Maqolada Farg‘ona vodiysi o‘zining boy madaniy merosi, asrlar davomida shakllangan hunarmandchiligi, mehmondo‘st xalqi va betakror tabiati bilan xorijiy sayyohlar uchun tobora jozibador manzilga aylanib borayotgani alohida ta’kidlangan.

photo_2026-01-12_16-05-29

Jurnal mualliflari vatandoshimiz Kamila Erkaboyeva, avvalo, Farg‘onaning qadimiy hunarmandchilik an’analari, Rishton kulolchilik maktabi, Marg‘ilon atlas va adras matolari, Qo‘qon yog‘och o‘ymakorligi dunyo miqyosida tanilganini e’tirof etgan. Shuningdek, bu yerda hunarmandlar hanuzgacha an’anaviy usullarni saqlab kelayotgani sayyohlar uchun katta qiziqish uyg‘otishi qayd etilgan.

photo_2026-01-12_16-05-01

Maqolada Farg‘ona oshxonasi ham alohida o‘rin egallagan. Milliy taomlar, xususan, farg‘ona palovi, tandir nonlar va mahalliy shirinliklar sayohatchilar uchun unutilmas gastronomik tajriba ekani ta’kidlangan.

photo_2026-01-12_16-05-16

Bundan tashqari, Farg‘onaning tabiiy manzaralari tog‘ etaklari, bog‘lar, vodiylarga xos yashillik va sokin muhit sayyohlar uchun hordiq chiqarish va madaniy dam olish imkonini berishi jurnal sahifalarida alohida qayd etilgan.

photo_2026-01-12_16-05-43

Maqola yakunida farg‘onaliklarning samimiyligi va mehmondo‘stligi hududning eng katta boyliklaridan biri ekani ta’kidlanib, aynan insoniy munosabatlar bu hududga kelgan mehmonlarda iliq xotiralar qoldirishi yozilgan.

photo_2026-01-12_16-04-49

“The Travel Magazine” tomonidan e’lon qilingan ushbu maqola Farg‘ona viloyatining xalqaro turizm maydonidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishi, shuningdek, hududga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

 

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914