Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Chimyonda oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi

Chimyonda oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi

« Back

Chimyonda oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi 14.06.2022 06:46

Maʼlumki, Farg‘ona viloyati o‘zining so‘lim go‘shalari, xushmanzara tabiati va mayin shabbodali soya-salqin qishloqlari bilan odamlar eʼtiboriga tushgan. Yozning jazirama issiq kunlari shunday joylarda dam olish hammaga huzur bag‘ishlaydi. Hukumat tomonidan ham sayohat qilish imkoniyati keng qishloqlarda tashrif buyuruvchilarga shart-sharoit yaratish hamda oilaviy mehmon uylari tashkillash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-sonli qarori qaroriga ko‘ra, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va privilegiyalarga alohida eʼtibor qaratilgan. Bular haqida maʼlumotlar berish uchun joylarda tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

photo_2022-06-13_14-19-15

Shu maqsadda bir necha kundan buyon O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining ishchi guruhi Farg‘ona shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Navbatdagi uchrashuv joriy yil13-iyun kuni bo‘lib, unda Turizm va madaniy meros vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinboari L. Zakirlayeva boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona tumani, Chimyon qishlog‘idagi “Langar” va “Konchilar” MFYlari hududida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuskor tadbirkorlar hamda mahalla faollari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazildi.

photo_2022-06-13_14-22-31

Uchrashuvlarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish tartiblari, ularda ko‘rsatiladigan xizmat turlari hamda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlashda tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlar, imkoniyatlar bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borildi.

photo_2022-06-13_14-25-41

Natijada o‘ndan ortiq tadbirkorlar o‘z xonadonlarida Oilaviy mehmon uyi ochish istagini bildirdi.  


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914