Farg‘onada “Dilrabo Travel” turistik kompaniyasining o‘ziga xos o‘rni bor. U viloyatdagi turkompaniyalar orasida nomi chiqqan sayyohlik tashkilotlaridan biridir. Kompaniya 2018 yilda yosh, ayni damda tajribali, professional va faol mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan.
![]()

“Dilrabo travel”ning asosiy maqsadi xizmatlarning yuqori sifati hisoblanadi. Uning jamoasi va hamkorlar o‘rtasida samarali hamkorlik tufayli o‘z mijozlariga sayohatlari davomida yuqori darajadagi xizmatni taklif qiladi.


“Dilrabo Travel” bilan sayohat qilib, siz O‘zbekistonning qadimiy tarixi va buguni, uning ajoyib meʼmorchiligi, tabiati, mahalliy xalqlarning anʼana va urf-odatlari bilan tanishasiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24-fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroridan ruhlanib ichki turizmga alohida eʼtibor qaratmoqda. Shuningdek, “Dilrabo Travel” OK Prezidentimizning 2022 yil 30-apreldagi PQ-232-sonli qaroridagi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida o‘zi uchun maxsus dastur ishlab chiqqan.


“Dilrabo Travel” OK sayyohlik kompaniyasi Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tashabbusi bilan 2020 yil may-iyun oylarida Germaniyaning IPD xalqaro tashkiloti tashkillagan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etib qaytdi. Shundan so‘ng kompaniya 3 yillik hamkorlik shartnomasiga erishib, 2021 yilning 8-9 noyabr kunlari London shahrida o‘tkazilayotgan “WTM-London – 2021” xalqaro turizm ko‘rgazmasida ham faol ishtirok etdi.
“Dilrabo Travel” OK sayyohlik kompaniyasi O‘zbekiston, jumladan Farg‘ona vodiysining yuksak turistik salohiyatini namoyish etib, hunarmandchilik, tibbiy turizm, agrar turizm, qishloq turizmi, madaniy turizm va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus sayohat paketlari o‘rtaga tashladi.

Buning natijasida “Dilrabo Travel”ning ko‘rsatgichlari ham ancha ko‘tarildi. Agar o‘tgan 2021 yilda ichki sayyohlar soni jami 35 000 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilning birinchi yarim yilligida bu raqam 42 000 taga ko‘tarildi.


– Yil yakuniga qadar O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqqan sayyohlarimiz sonini 100 mingtaga yetkazamiz, deydi biz bilan suhbatda kompaniya rahbari Sadafbek Husanboyev.