Logo - Turizm
UZ
UZ RU EN
logo sport
Bosh sahifa \ Yangiliklar \ DIQQAT E’LON!

DIQQAT E’LON!

« Back

DIQQAT E’LON! 13.04.2026 09:00

Tog‘ va tog‘oldi hududlariga tashrif buyuruvchilar uchun muhim ogohlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining joriy yil 19-martdagi topshirig‘iga muvofiq, respublikamiz hududlarida, jumladan, Farg‘ona viloyatining tog‘ va tog‘oldi hududlarida joylashgan dam olish maskanlarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Yog‘ingarchiliklarning ko‘payishi natijasida:

toshqin suvlari,
sel oqimlari,
qor ko‘chish xavfi

kabi tabiiy hodisalar yuzaga kelishi ehtimoli ortadi.

Shu munosabat bilan barcha fuqarolar va sayyohlardan quyidagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi:

 Faqat ruxsat etilgan va xavfsiz deb topilgan dam olish maskanlariga tashrif buyuring
 Ob-havo prognozlari va rasmiy ogohlantirishlarni kuzatib boring
 Tog‘li hududlarda yolg‘iz harakatlanmang
 Sel yo‘llari va daryo o‘zanlariga yaqinlashmang
 Favqulodda vaziyatlarda darhol tegishli xizmatlarga murojaat qiling

Hududlarda mas’ul tashkilotlar tomonidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Sizning xavfsizligingiz — bizning ustuvor vazifamiz!

Unutmang: ehtiyot choralariga amal qilish hayotingizni saqlab qolishi mumkin.


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914