
Farg‘ona viloyati turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tur biznes vakillari uchun muhim ma’lumot!
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2026-yilda Shvetsiya, Daniya va Norvegiya davlatlarida “Made in Uzbekistan” brendini faol targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sohaviy ixtisoslashgan xalqaro tadbirlar (ko‘rgazma, yarmarka va konferensiyalar) ro‘yxati taqdim etildi.
Mazkur xalqaro tadbirlarda ishtirok etish orqali:
- O‘zbekistonning turizm mahsulot va xizmatlarini Yevropa bozorida keng namoyish etish
- Xorijiy hamkorlar bilan B2B (biznesdan-biznesga) va G2B (hukumatdan-biznesga) aloqalarni yo‘lga qo‘yish
- Yangi investitsiya va hamkorlik loyihalarini shakllantirish
- Hududiy turizm salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish imkoniyati mavjud.
Shu munosabat bilan, ilovada keltirilgan xalqaro tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqishingiz hamda ushbu nufuzli platformalarda faol ishtirok etishingiz tavsiya etiladi.
- Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasi barcha turizm subyektlarini mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanishga chorlaydi.