Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Diqqat! Xalqaro hunarmandchilik va turizm ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyati!

Diqqat! Xalqaro hunarmandchilik va turizm ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyati!

« Back

Diqqat! Xalqaro hunarmandchilik va turizm ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyati! 08.10.2025 10:54

 2026-yil 31-yanvardan 14-fevralgacha Hindistonning Surajkund va Faridobod shaharlarida “39th Surajkund International Crafts Mela” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Farg'ona viloyati boshqarmasi mahalliy turizm biznesi va hunarmandchilik sohasi vakillarini ushbu xalqaro tadbirda faol ishtirok etishga chaqiradi!

Ko‘rgazma haqida qisqacha:

✔️ Hunarmandchilik mahsulotlari va milliy an’analarni namoyish etish;
✔️ Turizm va hunarmandchilik sohalarida yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratish;
✔️ Xalqaro maydonda O‘zbekiston brendini yanada rivojlantirish.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 73 244-14-40

O‘zbekistonning turizm va hunarmandchilik salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib etishda faol ishtirok eting!


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914