O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-102-sonli Farmonning 1-bandi a-kichik bandida 2024-yil 1-sentabrdan boshlab kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali 50 million AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochilishi tasdiqlangan. Bunda tijorat banklari tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 3 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatilishi; - kredit mablag‘lari turoperatorlarga 2 yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10 yil muddatga ajratilishi belgilangan.
Shunga ko'ra kirish turizmi bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar Farg'ona viloyati Turizm boshqarmasiga murojaat etishingiz so'raladi.
Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati