Home \ Yangiliklar \ Farg‘ona shahrida mehmonxona personallari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Farg‘ona shahrida mehmonxona personallari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

« Back

Farg‘ona shahrida mehmonxona personallari uchun seminar-trening o‘tkazildi. 18.06.2022 14:55

     Avval xabar berganimizdek, 13-iyun kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihasi asosida viloyatda faoliyat yurituvchi mehmonxona, xostel va sanatoriy xodimlari uchun “O‘zbekistonda mehmondo‘stlik sohasidagi sanitariya-gigiyena me‘yorlari” mavzusida seminar-trening boshlangan edi.

IMG_6073

Mashg‘ulotlar quyidagi soha mutaxassislari, professional trenerlar tomonidan o‘tkazildi:

Safoeva Sayera - iqtisod fanlari nomzodi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm va servis kafedrasi dotsenti. Yo‘nalishi: Mehmonxona va restoran menejmenti, restoran menejmenti, O‘zbekistonda turizm va milliy meros.

IMG_6139

Tashieva Ilmira Medjitovna - Travel Study kompaniyasi direktori va katta o‘qituvchisi. Mehmonxonalar administratorlari va xizmatchilar malakasini oshirish.

IMG_6162

Nurmatova Zulfiya Shavkatovna – O‘zbekistonda Turizmni rivojlantirish instituti turizm yo‘nalishi bo‘yicha trener, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm fakulteti o‘qituvchisi.

IMG_6098

Mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida turizm sohasini rivojlantirishga qaratildi.

IMG_6146

IMG_6138

Shuningdek, darslar mehmonxona xo‘jaligi sohasidagi muammolarni hal etish va davlat tomonidan mehmonxona sohasini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida 2019-yilda nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkillangan O‘zbekiston mehmonxonalar Assotsiatsiyasi O‘zbekistondagi mehmonxona xo‘jaliklarini konsalting va huquqiy qo‘llab-quvvatlash, mehmonxonalarga professional xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni jalb etish va mamlakatda mehmonxonachi kasbini ommalashtirishga qaratildi.  Farg‘onadagi seminar-treningda viloyatdagi mehmonxona va turizm sohasi muassasalaridan ikki hududiy bosqich va ikki smenada 110 nafar tinglovchi ishtirok etdi.

IMG_6211

Bugun 18-iyunga mazkur seminar-trening o‘z nihoyasiga yetib, Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi rahbariyati va OAV ishtirokida seminar tinglovchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

IMG_6380

IMG_6251

IMG_6374

IMG_6140

IMG_6436

IMG_6454

IMG_6368

IMG_6444

IMG_6223


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914