Farg’ona shahrida yangi mehmonxona faoliyatini boshladi. 27.02.2023 16:07
Bugun Farg’ona shahrida “Chinor” mehmonxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Qatar amirligining O‘zbekistondagi muhtor elchisi Hassan Xamza Hashem janoblari hamda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Axmedov ishtirok etdilar.
Yangi mehmonxona 26 xonadan iborat 47 o’ringa mo’ljallangan bo’lib 10ta yangi ish o’rni yaratilgan. Mehmonxonada qishki baseyn, sauna, 100 kishiga mo’ljallangan konferensiyalar zali, imkoniyati cheklanganlar uchun alohida maxsus xona, bepul Wi Fi va qator qulayliklar mavjud.