Joriy yilning 11-aprel kuni Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston – Koreya Xalqaro universitetining bitiruvchi talabalari uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkaga viloyat Madaniyat va turizm bosh boshqarmasi xodimlari hamda mehmonxona va turfirmalar ishtirok etdi. Xabaringiz bor, Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston – Koreya Xalqaro universitetida Turizm menejmenti yo‘nalishi faoliyat ko‘rsatib, ushbu yo‘nalishda 79 nafar talaba o‘qishni tamomlamoqda.
Ushbu yarmarkada talabalar viloyatda turizm sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdi va istiqbolda ishga joylashish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, Marg‘ilon Turizm va madaniy meros texnikumining 1-bosqich talabalari ushbu yarmarkada ishtirok etib, universitetning “Food and beverage”, “Reseption” va “Housekeeping” amaliyot xonalari bilan tanishib chiqdi.