Bosh sahifa \ Yangiliklar \ FARG‘ONA TUMANI “AVVAL” VA “VODIL” QISHLOQLARIDA “TURIZM QISHLOG‘I”NI TASHKIL QILISH BO‘YICHA YIG'ILISH BO'LIB O'TDI.

FARG‘ONA TUMANI “AVVAL” VA “VODIL” QISHLOQLARIDA “TURIZM QISHLOG‘I”NI TASHKIL QILISH BO‘YICHA YIG'ILISH BO'LIB O'TDI.

« Back

FARG‘ONA TUMANI “AVVAL” VA “VODIL” QISHLOQLARIDA “TURIZM QISHLOG‘I”NI TASHKIL QILISH BO‘YICHA YIG'ILISH BO'LIB O'TDI. 06.06.2022 17:26

Avval xabar berganizmizdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7 – 8-aprelda Farg‘ona tumani “Avval” va “Vodil” qishloqlarida “Turizm qishlog‘i”ni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 3-iyun kuni Turizm va madaniy meros vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari L.Zakirlayeva boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona tumani hokimi Sh.Mo‘minov, tuman prokurori O.Akbarov, hokim yordamchilari hamda soliq inspeksiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tgan edi.

photo_2022-06-06_13-58-38
  Uchrashuvda, Tuman hokimi Sh.Mo‘minov barcha masalalarni atroflicha o‘rganish hamda qisqa muddatda bajarilmay qolgan vazifalar ijrosini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan barcha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilishi bo'yicha topshiriq berib o'tdi.

photo_2022-06-06_14-00-26

photo_2022-06-06_14-01-49
  Kuni kecha, Farg'ona tumani hokimligida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. 
  Yig'ilishda, Turizm va madaniy meros vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari L.Zakirlayeva, Farg'ona tumani hokimi o'rinbosari I.G'ofurov hamda Farg'ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi vakillari tomonidan “Avval” va “Vodil” qishloqlarida “Turizm qishlog‘i”ni tashkil qilishda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari o'rtasida birma-bir o'rganib chiqildi.

photo_2022-06-06_14-01-24

photo_2022-06-06_13-59-32
  O'rganish jarayonida, dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish,  shuningdek, amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan tegishliligi bo'yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga tushuntirish va ko'rsatmalar berildi.


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914