
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 7 – 8-aprelda Farg‘ona tumani “Avval” va “Vodil” qishloqlarida “Turizm qishlog‘i”ni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan edi.
Dasturga ko‘ra, ushbu qishloqlarga turistlarni jalb qilish maqsadida, mahallaning kirish qismida stela o‘rnatish va olib keluvchi yo‘llar bo‘yida yo‘l ko‘rsatkichlarni o‘rnatish, simyog‘ochlar (zaruratga ko‘ra) va yoritish chiroqlarini yangilash, telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil qilish va mahalliy aholi tomonidan optik tolali aloqa liniyasidan foydalanish imkoniyatini yaratish, qo‘shimcha sanitar-gigiyenik shoxobchalar tashkil qilish, tashrif buyuruvchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, turizm mavsumida transport vositalarining harakatlanish tezligini cheklash va to‘xtab turishni taqiqlash belgilarini o‘rnatish, turizm resurslari (obyektlari) to‘g‘risida o‘zbek va ingliz tillarida maʼlumot beruvchi axborot ko‘rsatkichlarni tashkil qilish, selfi maydonlari tashkil qilish, mavjud kichik tomosha joylarini qayta taʼmirlash va faoliyati qayta yo‘lga qo‘yish, yo‘llarga qo‘shimcha asfalt yotqizish va yo‘l bo‘yida piyodalar uchun yo‘lak tashkil qilish, turizm axborot markazi, gid-ekskursovod va turagentlik xizmatlarini tashkil qilish, davlat xususiy sherikchilik asosida kutubxona va boshqa madaniy maʼrifiy muassasalar tashkil etish belgilangan edi.
Mazkur dasturdagi ishlarni bajarish holatini o‘rganish maqsadida 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining boshqarma boshlig‘i L. Zakrillayeva rahbarligidagi ishchi guruhi Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. Ishchi guruh shu kuni Farg‘ona tumani hokimligida bo‘lib, ishlarning borishi bilan qiziqdi.
Afsuski, Oradan o‘tgan bir yil vaqt ichida yuqoridagi topshiriqlarning ayrimlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, aksariyat masalalar ochiqligicha qolmoqda. Xususan, sanitar-gigiyenik shoxobchalari, transport vositalarining harakatlanishi, yo‘llarga qo‘shimcha asfalt yotqizish va yo‘l bo‘yida piyodalar uchun yo‘lak tashkil qilish, mavjud kichik tomosha joylarini qayta taʼmirlash va faoliyati qayta yo‘lga qo‘yish, davlat xususiy sherikchilik asosida kutubxona va boshqa madaniy maʼrifiy muassasalar tashkil etish masalalari o‘z yechimini topgani yo‘q. Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Farg‘ona tumani hokimi Sh.Mo‘minov, tuman prokurori O. Akbarov, hokim yordamchilari hamda soliq inspeksiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv mobaynida, tumanning “Avval” va “Vodil” qishloqlarida “Turizm qishlog‘i”ni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha atroflicha muhokama olib borildi.
Tuman hokimi Sh.Mo‘minov barcha masalalarni atroflicha o‘rganish hamda qisqa muddatda bajarilmay qolgan ishlarning ijrosini ta‘minlash maqsadida Dasturda ko‘rsatilgan barcha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida joriy yilning 5-iyun kuni yig‘ilish o‘tkazilishga kelishib olindi.
Shu kuni ishchi guruh tomonidan Farg,ona shahar, Qirguli milvzesi, Marg‘ilon ko‘chasi 73-1-uyda yashovchi fuqaro Abdullavev Rustamjon Numanionovichning ,,ART AFSONA‘ oiluviy mehmon uyi borib o‘rganildi va unga Oilaviy mehmon uylari yagona davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi.
Ishchi guruhning Farg‘ona viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.