Home \ Yangiliklar \ Farg‘ona viloyati hokimi Qo‘qon shahridagi turistik va madaniy meros obyektlari bilan tanishdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Qo‘qon shahridagi turistik va madaniy meros obyektlari bilan tanishdi.

« Back

Farg‘ona viloyati hokimi Qo‘qon shahridagi turistik va madaniy meros obyektlari bilan tanishdi. 24.03.2022 11:24

23-mart kuni Farg‘ona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov II Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini hamda Qo‘qon shahrini "Turkiy dunyo turizm poytaxti" deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan shahardagi madaniy meros obyektlarida olib borilayotgan obodonlashtirish, qurilish-taʼmirlash, rekonstruksiya va qayta tiklash ishlarini ko‘zdan kechirish maqsadida Qo‘qon shahrida bo‘ldi. 

photo_2022-03-24_09-35-46

Viloyat hokimi Hayrullo Bozorov, kecha viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida Qo‘qon shahrida bo‘lib, joriy yil sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

photo_2022-03-24_09-35-49

Viloyat rahbari joriy yil sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan festivalning asosiy markazi bo‘lgan O‘rda maydoniga kirib borar ekan, hududni obodonlashtirish, lotoklarni tartibga keltirish, landshaft rejasi ishlab chiqqan holda daraxtlar sonini ko‘paytirish, sahnani konsepsiyasini takomillashtirish, qayta bezash ishlarini boshlash bo‘yicha mas‘ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi, O‘rda maydoni kirishi tarixiylikni aks ettirishi kerakligiga e‘tibor qaratdi.

photo_2022-03-24_09-35-51 (2)

Hayrullo Bozorov Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori Manzura Mansurova tomonidan bildirilgan Qo‘qon shahrida o‘lkashunoslik muzeyini tashkil qilish taklifini ma‘qulladi, muzey loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi. Loyiha ma‘qullangandan so‘ng muzeyni barpo etishga mablag‘ ajratilishi ma‘lum qilindi.

Shahardagi sobiq “Baxt uyi” majmuasida festivalga tayyorgarlik ko‘rish shtabi faoliyati bilan tanishildi. Shu joyda Qo‘qonning 2022 yilda Turkiy dunyo turizm poytaxti maqomini olishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Loyihalar Viloyat hokimi o‘rinbosari X. R. Ahmedov va Qo‘qon shahar hokimi M. A. Usmonovlar tomonidan taqdim qilindi.

photo_2022-03-24_09-35-50 photo_2022-03-24_09-35-51

Xususan, O‘rda maydoni va “O‘rda muzeyi” kompleksi, sobiq “Baxti uyi” tantanalar saroyi, “Asmald” mehmonxonasi, yangi qurilayotgan Hunarmandchilik va turizm markazi, Alibek, Dasturxonchi, No‘rbo‘tabek madrasasi bo‘ylab tashkil etilgan Turizm marshuriti, “Furqat bog‘i”ni rekonstruksiya qilish hamda atoqli adib Furqat haykalini o‘rnatish va boshqa masalalar o‘rganildi. Viloyat rahbari loyihani qayta ishlash, bog‘ni aholi madaniy xordiq chiqaradigan so‘lim go‘shaga aylantirish uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Har bir tizim rahbariga ishlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914