O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbekistonning Boku shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning yorqin ranglari” nomli loyihasi ishlab chiqildi va ushbu loyiha doirasida Ozarbayjon Sayyohlik blogerlari uyushmasining 4 nafar bloger va jurnalistlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Farg‘ona viloyatining turizm salohiyati, jumladan tarixiy madaniy meros obyektlari, hunarmandchilik va ekoturizm obyektlari bilan yaqindan tanishdilar.
Hususan, Marg‘ilon Hunarmandchilik markaziga amalga oshirilgan ekskursiya davomida dunyoga dong‘i ketgan ipakchilik, Marg‘ilon atlas va adraslarini tayyorlash jarayoni, Rishton tumanidagi mashxur usta-kulol Alisher Nazirov uy-ustaxonasida shogirdlar tomonidan ko‘zlari boyloq holda ko‘za yasash master klassi hamda Mingboshi ceramics galereyasi mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.
Bundan tashqari, viloyatda joylashgan ziyoratgohlar, ot minish o‘yinlari, lavanda plantatsiyasi, Qo‘qon holvasiб Jome majmuasi, viqorli Xudoyorxon saroyi hamda viloyatning gastronomic turizm salohiyati blogerlari obyektividan joy oldi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad davomiyligi 130 daqiqagacha bo‘lgan hujjatli film tayyorlash orqali mamlakatning madaniy jozibardorligi va turizm salohiyati bilan Ozarbayjon fuqarolarini yaqindan tanishtirish va bu orqali O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan.
Farg'ona viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi.