Joriy yili 24-sentabr kuni Farg'ona viloyatida GSR (Great Silk Road) mehmonxonasida, ziyorat turizmni rivojlantirish maqsadida, Burhoniddin al-Marg'inoniy ar-Roshidoniyning tavallud kuniniga bag'ishlangan "Islom qonunlari - taraqqiyot mezoni" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida buyuk allomalarimizning diniy-ma'naviy merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, buyuk faqih, imom hayoti va asarlarini yosh avlodlarga yetkazish, qo'shni mamlakatlar bilan ziyorat turizmni rivojlantirish masalalari keng muhokama etildi. Jumladan, Burhoniddin al-Marg'inoniy kabi buyuk mutafakkirlarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi va ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlarini sog‘lom anglash va ularga sadoqat ruhida tarbiyalash, xalqaro miqyosdagi hamkorlik va muloqotlarni mustahkamlash.
Ma'lumki Burhoniddin margʻinoniyning ilmiy merosi oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Jahondagi koʻp oliy oʻquv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin margʻinoniyning fiqh taʼlimoti asosida oʻrganiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi.
Ilmiy-amaliy konferensiyani viloyat hokimining o'rinbosari-viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig'i X.Axmedov tomonidan ochib berildi. Tadbirda buyuk faqih, imom-Burhoniddin al-Marg'inoniy ar-Roshidoniy hayoti va asarlari bo'yicha ilmiy ishlar olib borgan professor o'ituvchilar va islomshunoslar tomonidan ma'ruzalar o'qildi. Jumladan Rishton tumani Nuroniylar kengashi raisi T.Abdurahmonov, Farg‘ona davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Akbarov hamda ISMA universiteti vakillari o'z chiqishlari bilan yosh avlodda chuqur taassurot qoldirishdi.
Shuningdek, tadbirda qo'shni davlatlar Qirg'iziston Respublikasi hamda Tojikiston Respublikasidan mutaxassislari, hamda Andijon va Namangan viloyatining turizm sohasi vakillari onlayn formatda ishtirok etib o'z taklif va mulohazalarini bayon etishdi.