Farg‘ona viloyatida har kuni turli yo‘nalishlarda tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Misol uchun 2-3 fevral kunlari viloyatning Darg‘ara va Farg‘ona tumanlarida sportning minifutbol turi bo‘yicha MFYning uyushmagan yoshlari o‘rtasida musobaqalar tashkillandi.
Farg‘ona tumanidagi tadbir tuman hokimligi, turizm va sport bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi hamda tuman xalq taʼlimi bo‘limi bilan hamkorlikda tumanning 18 ta mahalla fuqarolari yig‘inlari yoshlari o‘rtasida hududiy musobaqa o‘tkazildi. Unda ayniqsa, hokim sektoriga kiruvchi Novkent, Kaptarxona, Oqtom, Yoyilma, Tinchlik, Beruniy, Bo‘ston, Yuksalish va Hosilot MFYlar yoshlari faol qatnashdi. O‘yinlar Novkent MFYda joylashgan mini-futbol stadionida o‘tkazildi. Musobaqalarda g‘olib chiqqan Kaptarxona va Yoyilma MFY terma jamoasi tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shu kabi Dang‘ara tumanida 3-sektor yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini tashkil etish, hududda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni turli zararli odatlardan saqlash maqsadida ommaviy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirning shiori “Biz hech kimdan kam emasmiz” bo‘lib, u tuman IIB, turizm va sport bo‘limi, madaniyat bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, BO‘SM, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbir sektorning 14 ta – Naymancha, G‘alaba, Boy Bo‘ta, Qizil musht, Targova, Qashg‘ar, Katta Aravon, Gumoyli, Arzik tepa, Rahmatullo, Yangi zamon, Tangriqul, Katta Amirobod va Minglar MFYda yashovchi 200 dan ortiq uyushmagan yoshlarini qamrab oldi. Jami 14 ta jamoaga bo‘lingan yoshlar minifutbol bo‘yicha “Tuman IIB kubogi” uchun bahslashdilar. Tadbirning ochilish marosimida tuman DXX boshlig‘i hamda tuman IIB boshlig‘i ishtirok etdi.
Murosasiz o‘tgan o‘yinlarda Arzik tepa, Naymancha, Gumoyli, Boy Bo‘ta MFY jamoalari tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga tuman IIB tomonidan kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.