Farg‘ona viloyatiga info-tur: mashhur jurnalist va blogerlar ishtirokida 17.09.2025 09:24
Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan III Xalqaro Hunarmandlar festivali arafasida, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida Farg‘ona viloyatining turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus info-tur tashkil etildi.

Ushbu info-tur doirasida respublikamizning eng taniqli jurnalist va blogerlari Farg‘ona viloyatining madaniy merosi, tarixiy obidalari, milliy hunarmandchiligi va zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan yaqindan tanishadilar.

Tashkil etilgan info-tur O‘zbekistonning boy sayyohlik imkoniyatlarini yoritish, viloyat turizmini ichki va xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.






