Home \ Yangiliklar \ FARG‘ONADA CHAVANDOZLIK VA OV TURIZMI FESTIVALI!

FARG‘ONADA CHAVANDOZLIK VA OV TURIZMI FESTIVALI!

« Back

FARG‘ONADA CHAVANDOZLIK VA OV TURIZMI FESTIVALI! 29.09.2022 11:00

Bugungi kunda turizm dunyosi haqiqatan ham xilma-xil va erkindir, ulardan biri sport turizmi , aynan ushbu turizm turi juda qiziqarli va sayohat qilish uchun ajoyib turtki bo'lishi mumkin bo'lgan amaliyot.

Sport turizmi turli xil bo'lishi mumkin. Bugun Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida “Chavandozlik va ov turizmi” festivalini tashkil etilishining  sababi ham aynan ot va ov turizmi rivojlantirishdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ib qilish va ommalashtirish ishlariga har qachongidanda alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Hususan, Prezidentimizning joriy yil 5 avgust kunidagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Chavandozlar maktablari Milliy gvardiya tizimiga kiritildi. Huddi shunday maktab Farg‘ona viloyatida ham tashkil etildi. “Chavandozlik va ov turizmi” festivali Quvasoy shahrida joylashgan “Vodiy tulporlari” ot sporti majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati “Chavandozlar” maktabining mahoratli chavandozlar namoyishi hamda Valik qishlog‘ining so‘lim tabiat qo‘ynida O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sprot birlashmasi viloyat bo‘limi ovchilari tomonidan qush ovlash ba baliq tutish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga qo‘shni Qirg‘iziston davlatining mahoratli chavandozlari ham tashrif buyurdi, hamda ular tomonidan chavandozlik mahorat darslari namoyish etildi.

Shuningdek festivalga, Rossiya va Turkiya davlatidan xorijiy sayyohlar tashrif buyurishdi.

- O‘zbekistonga ilk marta kelishim, - deydi Rossiya Federasiyasidan tashrif buyurgan sayyoh. – Kuz faslining to‘kin-sochinligi, mayin quyoshli havosi menda katta taassurot qoldirdi. Hozir Rossiyada bulutli va yomg‘irli ob-havo. Hatto samolyotga chiqayotganimizda ham yomg‘ir yog‘ayotgandi. Ushbu festival men uchun juda qiziq tuyuldi va xozir aytishim mumkin-ki kelganimdan hech ham afsuslanmadim.

O'ylaymizki bunday qiziqarli tadbirlar, kelajakda viloyatimizga mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi, va ushbu festival dunyo miqyosida turistik destinatsiyaga aylanishiga umid qilamiz.


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914