Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg‘onada gastroenoturizmni rivojlantirish istiqbollari

Farg‘onada gastroenoturizmni rivojlantirish istiqbollari

« Back

Farg‘onada gastroenoturizmni rivojlantirish istiqbollari 01.08.2025 18:59

BekMirsagatov_winegarden_2-1199x800

Farg‘ona tumanida faoliyat yuritayotgan “Wine Garden” xususiy ishlab chiqarish korxonasi vinochilik va enoturizm sohasida innovatsion yondashuvi bilan ajralib turadi. Korxona o‘z infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish sifati va mahsulot assortimenti bilan nafaqat ichki, balki xalqaro sayyohlar e’tiborini qozonmoqda.

Majmua tarkibida:

  • zamonaviy uzum plantatsiyalari,

  • vino ishlab chiqarish sexlari,

  • ochiq va yopiq degustatsiya zallari,

  • “Wine Garden” restoranlari,

  • mehmonxona 

  • savdo shoxobchalari faoliyat yuritmoqda

Korxona tomonidan 100 dan ortiq turdagi vino mahsulotlari — oq, qizil, quruq, mevali vinolar, shampan vinosi, shuningdek, aroq va konyak turlari ishlab chiqariladi. “Wine Garden”, “Cabernet”, “Era Pomegranate”, “Golden Valley” kabi brendlar ostidagi mahsulotlar xorijiy bozorlarda ham talabga ega.

photo_2025-05-28_22-40-23

Mazkur korxona Farg‘ona viloyatining rasmiy turizm marshrutlariga kiritilgan bo‘lib, ko‘plab turistik guruhlar bu yerga tashrif buyurmoqda. Vino ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishish, degustatsiyada ishtirok etish va milliy taomlardan bahramand bo‘lish imkoniyati sayyohlar uchun noyob taassurot uyg‘otmoqda.

IMG_9565 (2)

 

25 (2)


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914