
“O‘zbekiston” teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanali ijodkorlari Farg‘ona viloyatida ijodiy safarda bo‘lib, viloyatning bir qancha gastroenoturizm va agroturistik obyektlarida tasvirga olish ishlarini amalga oshirishdi.
Xususan, Farg‘ona tumanidagi vinochilikka ixtisoslashgan “Wine garden” xususiy ishlab chiqarish korxonasi to‘g‘risida ko‘rsatuv suratga olindi. Ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Farg‘ona viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati