Farg‘onada ichki va xalqaro aviaqatnovlarni joriy etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Farg‘ona viloyati turizmni rivojlantirish hududuy boshqarmasi Axborot xizmati.Yig‘ilishni Farg‘ona viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i M. Temirov kirish co‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga muvofiq mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha aviaqatnovlar doirasida turistik tashkilotlarga beriladigan chegirmalar va subsidiyalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning turizm boʻlimi boshligʻi O. Ahmedov Respublikada joriy etilayotgan ichki avia qatnovlar to‘g‘risida axborot berdi. Shu bilan birga u mamlakatda qurilayotgan yangi xalqaro aeroportlar, ularning imkoniyatlari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
Farg‘ona viloyatidagi turoperatorlarining ichki va xalqaro avia qatnovlarni joriy etish va kompaniya tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va mijozlar uchun qoʻshimcha qulayliklarni yaratish yuzasidan takliflari berildi. Yig‘ilishda Pokiston Islom Respublikasi tadbirkorlari tomonidan Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tashkil etilgan “Solih tourism” MCHJ vakillari ham qatnashib, yangi liniyadagi aviaqatnovlarning imkoniyatlari bilan qiziqishdi. Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan yig‘ilishda tadbirkorlar O‘zbekistonda aviatsiya sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar va narx-navolar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Kelgusida bu kabi uchrashuvlarni onlayn tarzda tez-tez o‘tkazishga kelishib olindi va koordinatalar bilan almashib olindi.