Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg‘onada ichki va ziyorat turizmi.

Farg‘onada ichki va ziyorat turizmi.

« Back

Farg‘onada ichki va ziyorat turizmi. 04.02.2022 20:31

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6165-sonli farmonidan kelib chiqib, Mamlakatimizda turizmning bu sohasi sezilarli darajada rivojlana boshladi. Birgina Farg‘ona viloyati misolida oladigan bo‘lsak, o‘tgan 2021 yilda viloyatga 563,3 ming nafar sayyoh tashrif buyurib, ularning 58 foizi, yaʼni 326,7 mingdan ortig‘i turli ziyorat maskanlariga sayohat qilgan. Bu borada qo‘shni viloyatlardan kelgan sayyohlarning salmog‘i ham talaygina.

Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishda Farg‘ona viloyatining “Vodiy sayyoh”, “Mashhura trevel”, “Pomir trevel”, Namangan viloyatining “Ziyarah travel”, “Otabek trevel” kabi sayyohlik firmalari qizg‘in ish olib bormoqda.

Agar “Ziyarah travel” MCHJ maʼlumotlariga qaraydigan bo‘lsak, bu jamiyat o‘tgan yilda faqat ziyorat maqsadlarida Farg‘ona viloyatiga 4582 nafar sayyohlarni olib kelgan. Bu jamiyat so‘nggi yillardagi pandemiya sababli xalqaro turizmdan ko‘ra ichki turizmga ko‘proq eʼtibor qarata boshladi. 2021 yil mobaynida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida yangi marshrutlar ishlab chiqdi. “Ayollar daftari”ga kirgan ayollar, maktab o‘quvchilari va talaba yoshlar uchun maxsus turpaketlar asosida Farg‘ona vodiysi bo‘ylab sayohatlar tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, “Oltin Vodiy halqasi” bo‘ylab ham sayohatlar tashkil etildi.

Joriy yilda esa, Farg‘ona viloyatidagi ichki va ziyorat turizmi yo‘nalishidagi sayyohlar sonini ikki barobar ko‘paytirib, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishni rejalashtirib olgan.

Namangan viloyati “Ziyarah travel” va “Otabek trevel” sayyohlik firmalarining Farg‘ona viloyatiga sayohatlaridan fotolavhalar

photo_2022-02-03_06-47-44

photo_2022-02-03_07-57-23 (2)

photo_2022-02-03_07-57-23

photo_2022-02-03_06-49-08

photo_2022-02-03_06-47-30

photo_2022-02-03_09-24-15

photo_2021-11-08_09-17-57

photo_2022-02-03_06-48-58

photo_2021-11-08_09-17-55 (3)

photo_2022-02-03_06-48-53

photo_2021-11-08_09-17-58 photo_2022-02-03_06-49-21


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914