Home \ Yangiliklar \ Farg‘onada Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi.

Farg‘onada Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi.

« Back

Farg‘onada Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi. 16.07.2022 14:27

Maʼlumki, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan Konstltusiyaviy kommissiya tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning asoslari va mazmıın-mohiyati” qizg‘in muhokama qilinmosda.

IMG_9145

IMG_9132 IMG_9172

IMG_9183 IMG_9141 Shu mavzuda Farg‘ona viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasida 16-iyul kuni jamoa xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari M. Temirov so‘z olib, jadallik bilan rivojlanayotgan jamiyatda qonun-qoidalar, Konstitutsiyaviy normalar o‘zgarib turishi tabiiy, dedi. Shundan so‘ng bosh boshqarmaning bosh yurist-maslahatchisi M. Yuldashev so‘zga chiqib,  Konstitutsiyadagi 128 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 64 tasini o‘zgartirish va 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etilayotganligini aytib o‘tdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini o'qib eshittirdi.

IMG_9138IMG_9139 Loyihada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo‘shish taklif etilmoqda.

Xususan, 1-, 13-, 15-, 16-, 17-, 20-, 22-, 24-, 25-, 26-, 27-, 28-, 29-, 30-, 32-, 36-45-, 49-, 52-, 53-, 55-, 56-, 61-, 63-, 64-, 65-, 70-, 74-, 75-, 77-, 78- 80-, 83-, 84-, 90-, 93-, 98-101-, 105-, 109-, 111-, 112-, 116-, 117-, 122- moddalarga u yoki bu darajadagi o‘zgartish va qo‘shimichalar kiritilmoqda. M. Yuldashev yig‘ilish qatnashchilarini Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga jiddiy munosabatta bo‘lish va lozim hollarda o'z fikrlarini bildirishga chaqirdi.

IMG_9161 IMG_9165 IMG_9130

IMG_9158

Shuningdek, yig‘ilishda boshqarmadagi ichki mehnat intizomi, ijro intizomi, tashkilotlar bilan ishlash saviyasi pasayib ketganligigi alohida taʼkidlandi. Ushbu mavzularda kadrlar bo‘limi boshlig‘i A. Abdasov, axborot-tahlil bo‘limi bosh mutahasisi J. Ismoilov so‘zga chiqib sohada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarni tartibga chaqirdi.


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914