Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg‘onada madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

« Back

Farg‘onada madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 18.02.2022 22:21

Bugun 18-fevral kuni Farg‘ona shahrida taniqli madaniyat va sanʼat xodimlari, xalq taʼlimi tizimi, viloyatdagi madaniyat tizimi tashkilotlari rahbarlari hamda Respublika ishchi guruhi ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

photo_2022-02-18_18-40-46

photo_2022-02-18_18-40-59

Ochiq muloqot shaklidagi ushbu yig‘ilishni Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i X. R. Ahmedov ochib, madaniyat tizimida o‘tgan yillarda erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida maʼlumot berdi.

photo_2022-02-18_18-40-54

photo_2022-02-18_18-40-56

Unda ko‘rilgan asosiy masala Respublika hududida madaniyat va sanʼat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-sonli qarori bo‘ldi.

photo_2022-02-18_18-40-51

photo_2022-02-18_18-41-04

photo_2022-02-18_18-41-03

photo_2022-02-18_18-41-08

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish sho‘basi mudiri Nodir Sayfullayev boshchiligidagi ishchi guruh besh kun davomida viloyatdagi madaniyat sohasi muassasalar faoliyati tahlil qilindi. Belgilangan chora-tadbir doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.

photo_2022-02-18_18-40-49

photo_2022-02-18_18-40-58

photo_2022-02-18_18-41-17

Yig‘ilishda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining madaniyat va sanʼat masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Murod Madjidov hamda tegishli vazirlik va idoralarning mutasaddi vakillari ishtirok etdi.

photo_2022-02-18_18-40-48

photo_2022-02-18_18-40-45

 

Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914