Home \ Yangiliklar \ Farg‘onada «MO‘YNOQQA MADAD» velomarafonini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Farg‘onada «MO‘YNOQQA MADAD» velomarafonini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

« Back

Farg‘onada «MO‘YNOQQA MADAD» velomarafonini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi. 20.05.2021 18:01

Farg‘onada «MO‘YNOQQA MADAD» velomarafonini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lumki, shu yil 21 may – 5 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Velosiped sporti federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorlikligida “MO‘YNOQQA MADAD” ekologik xayriya velomarafoni o‘tkaziladi. Orolbo‘yi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash hamda ekologik muammolarga yechim topish maqsadida yurtimiz bo‘ylab ushbu ekologik xayriya velomarafoni tashkil etilmoqda.

11

Velomarafonni o‘tkazishda ko‘zlangan asosiy maqsad Orol va Orolbo‘yi hududini qayta jonlantirishga alohida e’tibor qaratish, ushbu hududdagi muammolarga yechim topish, ekologik va iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yi aholisining turmush sharoitini yaxshilash hamda jamoatchilik e’tiborini ekologik muammolar yechimiga qaratishdan iborat.

12

13

20-may kuni Farg‘onada mazkur marafonni o‘tkazish bo‘yicha viloyat ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i X. Ahmedov boshqarib, velomarafonni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni atroflicha gapirib o‘tdi. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi. Farg‘ona viloyatida velomarafon 22-23-may kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

14

Yig‘ilishda viloyat hokimligi, ekologik partiya, viloyat turizm boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi, milliy gvardiya, tasviriy oyina ijodiy uyushmasi va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914