Home \ Yangiliklar \ Farg‘onada oilaviy mehmon uylari tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot davom etmoqda.

Farg‘onada oilaviy mehmon uylari tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot davom etmoqda.

« Back

Farg‘onada oilaviy mehmon uylari tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot davom etmoqda. 18.05.2021 12:29

Farg‘onada oilaviy mehmon uylari tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-sonli qaroridan kelib chiqib joriy yil 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining Lola Zakirlaeva boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatining turistik salohiyati yuqori bo‘lgan bir necha aholi yashash maskanlarida uchrashuvlar o‘tkazdi.

1

2

Xususan, Farg‘ona tumanidagi Sadkak MFY hududidagi dam olish maskanlarida suhbat o‘tkazilib, oilaviy mehmon uylari tashkil etishning afzalliklari, uning istiqbollari, berilayotgan imtiyoz va huquqlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

3

4

Uchrashuv jarayonida ishchi guruh vakillari aholi xonadonlarida ham bo‘lib, ularda yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning oldida turgan muammolar o‘rganildi.

5

6

7

9

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914