Bugun 2024-yil 28-mart kuni Farg‘ona viloyat hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari agentligi va Turizm boshqarmasi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida ilk bor "O‘rik gullaganda" yoshlar ijodiyot festivali bo‘lib o‘tdi.
Milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilishga qaratilgan festival doirasida xalq sayllari, unda yoshlarning ijod namunalari, turli tomoshalar, taqdimotlar, ko‘rgazmalar, milliy o‘yinlar, badiiy jamoalarning chiqishlari, doshqozonlarda sumalak tayyorlash,tanlov hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Ona tabiat bag‘rida, tumanning “O‘qchi” mahallasidagi so‘lim bog‘larda o‘tkazilgan mazkur festivalda viloyat va tuman hokimliklari vakillari, xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar,o‘quvchi yoshlar, madaniyat xodimlari va OAV vakillaridan iborat 800 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.
Fargʻona viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati