O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyu1dagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4409-son qarori doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining loyiha amalga oshirish guruhi, xalqaro va mahalliy ekspertlar guruhi ishtirokida, mamlakatimizning ayrim hududlarida barqaror turizmning yangi yo‘nalish1arini rivojlantirishga mo‘lja11angan loyiha amalga oshirilmoqda.
![]()
![]()
![]()
Ushbu loyihani tayyorlash va amalga oshirish maqsadida joriy yilning 20-may kuni xalqaro ekspertlar guruhi Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, hududning turizm salohiyatini o‘rganish, shu sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik bilan flkr almashish hamda joylarda seminar treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.
![]()
![]()
![]()
Shu maqsadida, bugun Farg‘ona shahridagi “Asia” mehmonxonasida soha vakillari, tadbirkorlar va turizm biznesiga qiziqqan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
![]()
![]()
![]()
![]()
Uchrashuvni Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida turizm sohasidagi xalqaro ekspertlar guruhi - Keios Srl (Italiya), The Journey Tourism Consulting and Management Ltd (Janubiy Africa) va Consulting Business Management LLC (O‘zbekiston) vakillari o‘z proyektlari bilan chiqishlar qildi.