Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg‘onada turizm sohasidagi o‘zgarishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada turizm sohasidagi o‘zgarishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

« Back

Farg‘onada turizm sohasidagi o‘zgarishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. 05.04.2022 13:44

         Bugun, Farg‘onada ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18-fevraldagi “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 135-sonli qarori ijrosi va ushbu qarorga asosan tizimdagi o‘zgarishlar” mavzusida brifingi o‘tkazildi.

IMG_1123

IMG_1162 IMG_1274           Unda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari X. Ahmedov qarorning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar hamda amalga oshirilgan yuzasida maʼlumot berib o‘tdi.

         Xususan, Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining nizomi va lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqildi va davlat xizmatlari agentligi ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, muhr va tamg‘a yangilanib, tashkilot to‘laqonli ish boshlaganligi aytib o‘tildi. 

IMG_1194 IMG_1177 IMG_1187          Ayni kunlarda bosh boshqarmani apparat xodimlarini lavozimga tayinlash ishlari olib borilmoqda. Turizm va sport boshqarmasida ishlab yurgan xodimlar ularning arizalariga muvofiq Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasiga ishga o‘tkazildi. Yangi ishga kelayotgan xodimlar esa, Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali – ARGOS tizimida test topshirgach, tegishli lavozimga tayinlanadi. Biz qo‘yayotgan asosiy talab davlat tilida erkin so‘zlashi va savodli yozishi, qaysidir chet tilida erkin so‘zlasha bilishi (rus tilidan tashqari) hamda kerakli mutaxassislik to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lishi lozim.

IMG_1184 IMG_1223

IMG_1269 Ahamiyatlisi shundaki, yangi tasdiqlangan tuzilmaga ko‘ra, bir necha yangi lavozimlar nazarda tutilgan. Misol uchun yangi tuzilmada “Turizm oqimlarini ko‘paytirish bo‘limi”, “Xalqaro aloqalar, PR va marketing bo‘limi”, “Axborot tahlil va statistika bo‘yicha bosh mutaxassis” shtati, “Investitsiya dasturlari va ish o‘rinlarini monitoring qilib borish bo‘yicha yetakchi mutaxassis” shtati kabi yangi lavozimlar joriy qilindi. Sayyohlar oqimi ko‘p bo‘lgan – Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari, Farg‘ona, Rishton va So‘x tumani uchun ichki imkoniyat kelib chiqqan holda xodimlarni ishga jalb qilishni rejalashtirganmiz, dedi hokim o‘rinbosari.

Brifing jarayonida Qo‘qon shahrining "Turkiy dunyo turizm poytaxti" etib tanlanganligi alohida eʼtirof etildi va bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham qisqacha maʼlumot berib o‘tildi. Xususan, yaratilayotgan yangi mehmonxonalar, karvonsaroy, turistik ko‘chalar, suvenir do‘konlari va boshqalar haqida so‘z bordi. Shuningdek, II Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ishlari haqida ham gapirib o‘tildi.

IMG_1267 IMG_1256 IMG_1252 IMG_1239

Brifing yakunida turizm sohasini targ‘ib qilishda beg‘araz xizmat qilayotgan bir guruh jurnalist va blogerlar viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914