Bugun, 1-aprel kuni Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mutaxassislari Farg‘ona tumani “Mozortagi” MFYda bo‘lishib, Avval qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilishi munosabati bilan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi.
Unda Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish tartibi, unga berilgan qulaylik va yangi imkoniyatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-sonli qaroriga asosan maxsus joylashtirish vositalari uchun ajratilayotgan kredit mablag‘lari hamda qishloq infratuzilmalarni tartibga solish, obodonlashtirish to‘g‘risida suhbat olib borildi.
Yig‘ilishda Farg‘ona tumani hokimligi va MFY vakillari hamda yaqin atrofdagi qishloq fuqarolari ishtirok etdi. bahs-munozaraga boy o‘tgan uchrashuvda bosh boshqarma mutaxassislari fuqarolarning savollariga jalb berdi. Xususan, “Mozortagi” MFYda yashovchi tadbirkor Rahimova Nasibaxon PQ-104-sonli qarorga qiziqish bildirib, oilaviy mehmon uylari va boshqa turdagi joylashtirish vositalari uchun ajratilayotgan kredit mablag‘lari tartibiga taklif bildirdi.
Yaʼni kredit muddatini 3 yilgacha emas balki 5 yilgacha o‘zgartirish taklifini o‘rtaga tashladi. Bosh boshqarma mutaxassisi U. Mamajonov ushbu savolga javob berar ekan, ushbu kredit mablag‘lari asosan birinchi navbatdagi ehtiyoj mahsulotlariga, zaruriy hollar tiklash-taʼmirlash, qurilish ishlariga ajratilishini aytib, bank tizimida qabul qilingan talablarga mos ravishda shakllantirishini taʼkidladi. Vaholanki, bu kabi kredit shakli O‘zbekiston tajribasida ilk marta bo‘lib, kelgusida uning muddati masalasi bo‘yicha takliflar kiritiladi.
Bahodir Hoshimov