Home \ Yangiliklar \ Farg‘onada yana bir turistik qo‘llanma nashrdan chiqdi

Farg‘onada yana bir turistik qo‘llanma nashrdan chiqdi

« Back

Farg‘onada yana bir turistik qo‘llanma nashrdan chiqdi 30.03.2022 16:32

Maʼlumki, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish borasidagi ishlarni jadallashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, turistik va madaniy meros obyektlari, diqqatga sazovor va ziyoratgoh joylar, tarixiy va qadimiy manzillar haqida targ‘ibot-tashviqot materiallari tayyorlanib, sayyohlar eʼtiboriga havola etilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan yaqindagina “Rishton va Rishton sopoli” nomli (rus tilida) kitob tayyorlangan edi. Kuni kecha, viloyatimizning yana bir tarixiy maskani – Quva shahristoni haqida yangi kitob dunyo yuzini ko‘rdi.

Обложка

“Qadimiy va zamonaviy Quva” (“Древняя и современная Кува”) nomli kitob rus tilida chop etildi. Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Temirov boshchiligidagi loyiha bo‘yicha yaratilgan mazkur kitob Bahodir Hoshimov tomonidan tuzildi. U besh bo‘limdan iborat bo‘lib, “Qadimgi Quva”, “Budda ibodatxonasi”, “Ahmad Farg‘oniy”, “Zayniddin boy uyi” va “Zamonaviy Quva” kabi mavzulardagi qiziqarli maʼlumotlarni jamlagan.

6-бет

36-бет

O‘quvchilarimiz Quva tumani, uning anori va diqqatga sazovor boshqa joylari haqida eshitgan bo‘lishlari mumkin. Lekin bu bilimlar yuzaki tusga ega bo‘lib, o‘zlari xohlagan maʼlumotlarni topishga qiynalar edi. Bu xususda mutaxassislarga ko‘p murojaatlar qilishga majbur edilar.

16-бет

17-бет

46-бет

 “Qadimiy va zamonaviy Quva” nomli kitob bu masalada yaxshi yordamchi bo‘lishi mumkin. Afsuski, 4,5 bosma taboqli mazkur kitobning adadi chegaralangan. Shunga qaramay unda Quvaning qadimgi davrlaridan hozirgi kunlarigacha bo‘lgan tarixi qisqacha tarzda bayon etilgan. Quvada kimlar tadqiqot olib borgan, Quva o‘zbek davlatchiligida qanday rol o‘ynagan, hozirgi vaqtdagi Quvaning diqqatga sazovor joylari haqida maʼlumotlar berilgan.

30-бет

37-бет

50-бет

57-бет

O‘ylaymiz-ki, mazkur kitob o‘lka tarixi, uning sayohat manzillari va diqqatga sazovor joylariga qiziqqan sayyohlarga munosib tuhfa bo‘ladi va Farg‘ona vodiysiga sayohat qilmoqchi bo‘lgan turistlar sonini ortishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914