Home \ Yangiliklar \ Farg‘onada yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmalarda muntazam monitoring olib boruvchi ishchi guruhi aʼzolari taqdirlandi.

Farg‘onada yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmalarda muntazam monitoring olib boruvchi ishchi guruhi aʼzolari taqdirlandi.

« Back

Farg‘onada yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmalarda muntazam monitoring olib boruvchi ishchi guruhi aʼzolari taqdirlandi. 09.02.2022 18:13

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21-sentyabrdagi “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 793-son qaroriga asosan mamlakatimizdagi AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarida doimiy ravishda monitoring olib borilmoqda.

photo_2022-02-09_16-57-59 (2)

photo_2022-02-09_16-57-59

Bu borada Farg‘ona viloyatida ham ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, bugun Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlarning sarhisobi va 2022 yilning rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i X. R. Ahmedov va bosh boshqarmaning masʼul xodimlari ishtirok etib, ishchi guruh aʼzolariga xayrli ishlari uchun minnatdorchilik bildirildi.

photo_2022-02-09_16-57-55

photo_2022-02-09_16-57-52

O‘tkazilgan monitoring ishlarida faol qatnashgan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisi Yusupov Rustam Jo‘rayevich, “HududGazFarg‘ona” GTF mutaxassisi Ermatov Murodjon Hakimovich, viloyat transport boshqarmasi mutaxassisi Mahmudov Shamsur Mansurovich, viloyati Teleradiokompaniyasi mutaxassisi Shokirov Toxirjon, “O‘ZTRANSGAZ” AJ Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi mutaxassisi Suleymanov Sobirjon Sadikovich, viloyat Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassisi Talipov Dostonbek Ulug‘Bekovich, viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi mutaxassisi Umaraliyev Dilshod Mamadaliyevich, viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassisi Tojiboey  Abduhoshim Tilovoldi  O‘g‘lI hamda viloyat Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi mutaxassisi Muhammadyusuv Asrolovlar viloyat hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

photo_2022-02-09_16-58-15

photo_2022-02-09_16-58-18

photo_2022-02-09_16-58-02

photo_2022-02-09_16-57-52 (2)

Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914