Home \ Yangiliklar \ Farg‘onada yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, “Parij – 2024” olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga hamda yoshlar o‘rtasida «Toshkent – 2025» Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, “Parij – 2024” olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga hamda yoshlar o‘rtasida «Toshkent – 2025» Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

« Back

Farg‘onada yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, “Parij – 2024” olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga hamda yoshlar o‘rtasida «Toshkent – 2025» Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi 01.02.2022 19:13

Bugun, 1-fevral kuni Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida muhtaram Prezidentimizning 30-yanvar kuni yoshlar, sport, sog‘liqni saqlash, elektr energiyasi sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishish jarayonida bildirgan fikrlari yuzasidan Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan navbatdan tashqari yig‘ilish tashkillandi. Mazkur yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari F. Qosimov, O‘zbekison Respublikasi DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari  M. Sherboyev, DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X. Balzakov, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N. Hakimov, shahar-tumanlar turizm va sport bo‘limi boshliqlari, viloyatdagi sport muassasalarining rahbarlari, sportchilar va murabbiylar ishtirok etdi.

IMG_9926

IMG_9938

Unda ko‘tarilgan asosiy masala, 28-yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan “Maktab taʼlimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi”da davlatimiz rahbari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sportni ommalashtirish bo‘yicha berilgan bir qator ko‘rsatmalari bo‘ldi.  

IMG_9932 Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tib, joylarda sport mutaxassislari yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanmayotganliklari, sportga jalb qilingan yoshlar orasida jinoyatchilik yo‘liga kirib qolish hollari ko‘payotganligi, yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashida salbiy – yod unsurlar paydo bo‘layotganligi gapirib o‘tildi. Afsuski, bu jarayonda qishloq va mahallalarda sport muassasalari   xodimlari tomoshabin bo‘lib qolmoqda. Vaholanki, ular o‘z hududlarining “lokomotiv” sohasi rolini o‘ynashlari lozim. Jinoyatchilik bo‘yicha Farg‘ona viloyati Respublikamizda yetakchi o‘rinlarda turishiga ham shu omillar sababchi bo‘lmoqda.

IMG_9961

Keyingi masala viloyatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5-noyabrdagi “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi olimpiya va XVII paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi 5281-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7-avgust kungi “2025 yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 468-sonli qarori ijrosiga qaratilgan bo‘lib, unga munosib tayyorgarlik ko‘rish va yangi litsenziyalarni qo‘lga kiritish gapirib o‘tildi.

IMG_9934

Bu borada “Parij – 2024” olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun litsenziyalar sonini orttirishga erishish lozim. Ayni kunlarda 71 nafar sportchi ro‘yxati shakllantirilib, ular uchun jahon standartidagi mashg‘ulot maydonlari va shart-sharoitlari tayyorlab berilgan. Maʼlumot uchun aytish joizki, “Tokio-2020” da 7 nafar sportchimiz litsenziya qo‘lga kiritgan edi.

IMG_9961

IMG_9956 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida "Toshkent - 2025" yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish, seleksiya ishlarini jadallashtirish ishlari ham atroflicha muhokama qilindi. Shahar-tumanlar turizm va sport bo‘limi boshliqlari hamda viloyatdagi sport muassasalarining rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

        Bahodir Hoshimov


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914