Turizm qo‘mitasi tomonidan hunarmandlar va tadbirkorlar uchun joriy yilning 16-19-iyul kunlari bepul onlayn marketing darslari tashkil etilmoqda.

Tashabbusning asosiy maqsadi – milliy mahsulotlarni zamonaviy savdo platformalari orqali targ‘ib qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish hamda ularni raqamli bozorlarga samarali olib chiqishdir.
Onlayn kurslar davomida ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va qo‘lda tayyorlangan mahsulotlarni brendlash, Uzum, Wildberries, Ozon, ZoodMall, eBay, Etsy kabi onlayn savdo platformalari bilan ishlash, mahsulotlarni yetkazib berish va logistika jarayonlari, onlayn to‘lov tizimlari bilan ishlash tartibi, ijtimoiy tarmoqlarda savdo va reklama strategiyalari, xalqaro bozorlarga chiqish va eksport imkoniyatlari, onlayn savdo jarayonidagi qonunchilik va soliqqa oid masalalar, samarali brend yaratish hamda mahsulotning o‘ziga xosligini saqlab qolish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.
Ushbu darslar hunarmandlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va o‘rta biznes vakillari, onlayn do‘kon egalari va eksport bilan shug‘ullanishni istovchilar uchun mo‘ljallangan.
Ishtirok etish mutlaq bepul bo‘lib, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ma’lumot yuborish uchun quyidagi havoladan foydalanish mumkin: https://forms.gle/GZR34epFfX95apMe9