Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Hurmatli tadbirkorlar!

Hurmatli tadbirkorlar!

« Back

Hurmatli tadbirkorlar! 06.05.2025 16:09

6325140632392796453

“Yangi davr, umumiy kelajak” shiori ostida joriy yilning 5–10 noyabr kunlari Shanxay shahrida 8-Xitoy Xalqaro Import Ko‘rgazmasi (China International Import Expo – CIIE) bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli tadbir quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
-Milliy va biznes ko‘rgazmalari
-Xunsyao iqtisodiy forumi
- Tarmoq uchrashuvlari, B2B muzokaralar va matchmaking sessiyalar
-Turizm, madaniyat va xizmatlar sohalarida alohida sektoral taqdimotlar

Turizm sohasi uchun alohida imkoniyatlar:

Xitoy bozorida O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etish, milliy sayyohlik mahsulotlarini targ‘ib qilish, turoperatorlar, investorlarga va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga xalqaro hamkorlar bilan yuzma-yuz uchrashish imkoniyati mavjud.

CIIE quyidagi sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun ayni imkoniyat:
-Mahsulot eksporti
-Xizmatlar eksporti
-Sayyohlik kompaniyalari va mehmonxonalar
-Madaniy meros va xalq amaliy san’ati vakillari
-Investitsion loyihalarni taqdim etuvchilar

 Rasmiy veb-sayt va ro‘yxatdan o‘tish:
https://www.ciie.org/zbh/en/ 

 O‘zbekiston tadbirkorlari va turizm sohasi vakillari uchun bu tadbir – Xitoy kabi yirik bozor bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, brendni xalqaro darajada tanitish va yangi investitsiya oqimlarini jalb qilish uchun muhim maydonchadir.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️+998 73 244 14 40

Fargʻona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914