Joriy yilning 28-aprel kuni Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tadigan “Responsible Incentive Travel Day 2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qilamiz!
Ushbu yirik tadbir “The SITE Poland Association” uyushmasi tomonidan tashkil etilib, barqaror turizm va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Tadbir BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha 17 ta maqsadiga muvofiq ravishda turizm sohasidagi global o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Tadbirda 100 nafardan ortiq ishtirokchi – MICE-agentliklar, tur operatorlari, turizm sohasidagi yetakchi mutaxassislar, investitsiya vakillari va biznes hamkorlar qatnashishi rejalashtirilgan.
Ko‘rgazmada:
- Yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish
- O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini xalqaro maydonda targ‘ib qilish
- Eksklyuziv biznes uchrashuvlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Tadbir haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
Responsible Incentive Travel Day 2025 (https://sitepoland.com/en/responsible-incentive-travelday/)
Ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel: (73) 244-14-40
(88-965-90-99)