Joriy yilning 7–8-may kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida “IMTM-2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu yirik tadbir Sharqiy O‘rta Yer dengizi mintaqasidagi eng muhim turizm anjumanlaridan biri bo‘lib, turizm sohasining yetakchi mutaxassislari, kompaniyalari va tashkilotlarini bir joyga jamlaydi.
IMTM-2025 haqida:
- 31-yillik tajribaga ega nufuzli ko‘rgazma
- 2 200 dan ortiq ishtirokchi, 65+ mamlakat vakillari
- 30 000 dan ortiq turizm sohasi mutaxassislari va tashrif buyuruvchilar
- EXPO Tel Aviv Kongress Markazida o‘tkaziladi
Nima uchun ishtirok etish kerak?
- Global turizm sohasidagi eng so‘nggi tendensiyalar bilan tanishish
- Yangi hamkorlar va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish
- Turizm bozoridagi innovatsion xizmatlar va mahsulotlarni o‘rganish
- Isroilning tez rivojlanayotgan sayyohlik bozoriga chiqish
Batafsil ma'lumot:
Email: limor@ortra.com
Telefon: +972 54 7001770 - Limor Urfali (Ortra kompaniyasi menedjeri)
https://www.imtm-telaviv.com/exhibitions-opportunities
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel: (73) 244-14-40