Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 28- iyundagi 3815-sonli qarori bilan Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti ochilgan edi. O‘tgan yildan esa, uning faoliyat doirasi kengayib, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti maqomini oldi. Unda yigirmadan ortiq mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi va bunga 2021 yilda madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlash ham qo‘shildi.
Tabiiyki, Farg‘ona viloyatida ham ushbu sohaga qiziquvchi yoshlar talaygina. Ushbu yoshlarni sohaga yo‘naltirish maqsadida Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, ular tomonidan bir necha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkillandi.
Bugun, 11 may kuni ishchi guruh aʼzolari Farg‘ona shahridagi ingliz va nemis tiliga ixtisoslashtirilgan 10-sonli umumtaʼlim maktabda hamda shahardagi “YES” nomli o‘quv markazida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Unda jami 120 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, o‘qish istagida bo‘lgan yoshlarga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tarqatma materiallari, flayer, buklet, universitet haqida maʼlumotlar aks etgan elektron maʼlumotlar tarqatildi hamda universitet haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Bahodir Hoshimov