O‘quv-seminarni Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan yuborilgan trening mutaxasisi Nodira Shoabbasova o‘tkazdi. O‘quv-seminarda jami 20 nafar agroturizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va fermer xo‘jaligi rahbarlari, ishchi xodimlari ishtirok etdi. Ushbu o‘quv-seminarni o‘tkazishdan maqsad, tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari tomonidan yer maydonlarida yetishtirilayotgan ekinlarni, tayyorlanayotgan mahsulotlarni turistlarga targ‘ib qilish usullari va vositalarini o‘rgatishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, agroturizm nima, uning turlari, funksiyalari, asosiy maqsadlari va obyektlari, turistik bozor tizimida agroturizmning xususiyatlari, mehmondo‘stlik xizmatini baholash, agroturizm hududining jozibadorligi va o‘zaro munosabatlar, agroturizm obyektlarini imijini qanday yaratish to‘g‘risidagi savollarga javoblar olindi.
Ishtirokchilari o‘zlarining ish faoliyatidan kelib chiqib, turistlarni qabul qilish bo‘yicha yaratgan shart-sharoitlari to‘g‘risida o‘rtoqlashdi. Jumladan, Farg‘ona shahrida joylashgan “Vayn-garden” vino ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi xodimi Saidaxon Abdullayeva, turistlarni kutib olish, ularga xizmat ko‘rsatish, esdalik sovg‘alarini tayyorlash hamda yangicha usul Rishton ko‘zalariga vinoni qadoqlash tartibi to‘g‘risida, Quva yer tomorqalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi xodimi ko‘chatlarni ulash, parvarishlash, yetkazib berish ishlarini amalga oshirish tartibi va mijozlarga sotilgan ko‘chatlarni amal olmay qolganlarini yangisiga almashtirib berish tartibi joriy qilganligi hamda ushbu amallarni kuzatish uchun kelgan turistlarni ilmiy-amaliy markazga uch kunlik mehmonxonalar tashkil etishni rejalashtirayotganliklari to‘g‘risida maʼlumotlar berdi.
Seminar yakunida ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining sertifikati topshirildi hamda agroturizm obyektlarini turizm marshrutiga qo‘shish va pasportini yaratish ishlari amalga oshirildi.