Logo - Turizm
UZ
UZ RU EN
logo sport
Bosh sahifa \ Yangiliklar \ JAMOAT JOYLARIDA SANITARIYA-GIGIYENA MADANIYATINI YANADA OSHIRISH YO‘LIDA

JAMOAT JOYLARIDA SANITARIYA-GIGIYENA MADANIYATINI YANADA OSHIRISH YO‘LIDA

« Back

JAMOAT JOYLARIDA SANITARIYA-GIGIYENA MADANIYATINI YANADA OSHIRISH YO‘LIDA 16.01.2026 17:40

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

IMG_3365

Mazkur qarorning 4-bandiga muvofiq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Turizm boshqarmasi, Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, sanitariya madaniyatini oshirish va jamoat joylarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

IMG_3359

Xususan, Farg‘ona viloyati hududiy ishchi guruhi tomonidan:

  • turistlar tashrif buyuradigan obyektlar,
  • aholi gavjum joylar,
  • bozorlar, vokzallar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi va tegishli tavsiyalar berildi.

IMG_3388

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hududiy mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. 

IMG_3476

Ushbu tadbirlar aholiga va sayyohlarga qulay, toza va xavfsiz muhit yaratish, shuningdek, viloyatning turizm jozibadorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

IMG_3490

 

 

 


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914