
Turizm sohasida ishlash — bu shunchaki xizmat emas.
Bu — mehmonni samimiyat bilan kutib olish madaniyati, yurtimizni munosib tanitish va har bir sayyoh qalbida iliq taassurot qoldirish mas’uliyatidir.
Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan har bir xodim — mamlakatimiz obro‘sini dunyoga namoyon etayotgan elchidir. Ularning har kungi mehnati, muomalasi va fidoyiligi O‘zbekiston, xususan, Farg‘ona vodiysining ijobiy qiyofasini shakllantiradi.
Bu kasb chuqur bilim, kuchli muloqot madaniyati va chin dildan xizmat qilishni talab etadi. Shu bois turizm sohasi — nafaqat ish, balki sharafli mas’uliyatdir.
Kasbimizdan faxrlanamiz!
Turizm rivoji yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha fidoyi mutaxassislarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
#Men_bilgan_xalq_xizmatchisi
#Men_uchun_qadrli
#Kasbimdan_faxrlanaman
#Sizga_rahmat